01:02 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Dunyoda
Havola olish
110910

Peskov Rossiya va Ukraina prezidentlari koʻp masalalar boʻyicha boʻyicha kelishishdan uzoq ekanliklarini aytdi.

TOSHKENT, 15 dek – Sputnik. Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin i Vladimir Zelenskiy koʻp masalalar boʻyicha boʻyicha kelishishdan uzoqlardir. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.

“Putin va Zelenskiy bir birlari bilan suhbatlashishni boshlashdi. <...> Ular, ravshan boʻladiki, turlicha terminologiyadan foydalanishadi”, - deya Peskov soʻzlaridan keltiradi RIA Novosti.

Shuningdek, u Putin va Zelenskiy yuzma-yuz 10-15 daqiqa suhbatlashganini eslatgan, chunki ularning suhbatini Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron boʻlgan. Makron ishni “normand toʻrtligi”da davom ettirish kerak deb turib olgan.

Eslatib oʻtamiz, Parijda Vladimir Putin, Vladimir Zelenskiy, Germaniya kantsleri Angela Merkel va Frantsiya rahbari Emmanuel Makron ishtirokida “normand toʻrtligi” sammiti boʻlib oʻtdi. Sammit doirasida ikki tomonlama muzokaralar, jumladan, Putin va Zelenskiyning ilk uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

“Normand toʻrtligi” koʻrinishidagi Ukraina boʻyicha muzokaralar 2014 yil iyun oyidan buyon mavjud. Unda Rossiya, Germaniya, Ukraina va Frantsiya yetakchilari Donbassdagi mojaroni tartibga solish masalalarini muhokama qilishadi.

Ushbu doiradagi navbatdagi uchrashuv toʻrt oydan soʻng boʻlib oʻtishi kerak.

Mavzu boʻyicha

“Normand toʻrtligi” Parijda nimalar haqida kelishib oldi?
Putin Parijdagi muzokaralarda dovdirab qolgan Zelenskiyga yordam berdi – video
Zelenskiy Putin bilan nima sababdan muzokaralar oʻtkazish mushkulligini aytdi
Teglar:
Vladimir Zelenskiy, Putin, Ukraina, Rossiya, Dmitriy Peskov, normand toʻrtligi, Kreml

Asosiy mavzular