13:55 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
939 0 0

Mark Esper Turkiya prezidentining amerikalik harbiylar uchun Injirlik bazasi yopilishi mumkinligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Pentagon rahbari Mark Esper Turkiya prezidenti Tayyib Erdogʻanning amerikalik harbiylar uchun Injirlik bazasi yopilishi mumkinligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

“Bu xabar menga ilgariroq yetkazilmagan edi. Ilk bor bu haqda gazetalarda oʻqidim... shuning uchun mudofaa vaziridagi hamkasbim (Turkiya – Sputnik) bilan ular aslida nimani nazarda tutishgani va ular naqadar jiddiy ekanliklarini bilib olish uchun gaplashishim kerak”, - dedi Esper jurnalistlarga.

Turkiya AQSH uchun Injirlik aviabazasini yopish bilan tahdid qildi

Esperning jurnalistlar bilan muloqoti stenogrammasi Pentagon saytida eʼlon qilingan.

Eslatib oʻtamiz, Turkiya prezidenti Anqara Injirlik va Kyurejik bazalarini AQSH sanktsiyalariga javoban yopishi mumkinligini maʼlum qilgan edi.

Mavzu boʻyicha

Turkiya AQSH uchun Injirlik aviabazasini yopish bilan tahdid qildi
Erdogʻan AQShga poʻpisa qildi
Turkiya mudofaa vaziri Anqarani S-400 xarid qilishga nima majburlaganini tushuntirdi
Teglar:
AQSH, Turkiya

Asosiy mavzular