07:22 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
1772 0 0

Patrushev jangarilarning yakuniy maqsadi Afgʻoniston va Markaziy Osiyo mamlakatlari hududini birlashtiruvchi Buyuk Xuroson deb ataluvchi davlat tuzish ekanini taʼkidladi.

TOSHKENT, 18 dek — Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev taqiqlangan “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti Afgʻonistonda Markaziy Osiyoga bostirib kirish uchun platsdarm (maydon) tayyorlayotganini maʼlum qildi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.

Uning soʻzlariga qaraganda, Afgʻonistonda xavfsizlik sohasidagi vaziyat beqarorligicha qolmoqda. “ISHID”ning kuchayishi katta tashvishga solmoqda.

Patrushev Afgʻoniston hukumati kuchlarining yaqinda oʻtkazgan amaliyoti natijasida 600 nafardan ziyod jangarilarning yoʻq qilingani yoki asirga olinganiga qaramay, mamlakatda turli maʼlumotlarga koʻra 2,5 mingga yaqin jangarilar qolmoqda.

“Ishidchilar asosiy saʼy-harakatlarini oʻzlarini Afgʻoniston shimolida boʻlishlariga qaratishmoqda. U yerda allaqachon ikki mingdan ziyod jangarilar toliblarga qarshi kurashish va Tojikiston va Turkmaniston orqali Markaziy Osiyo mintaqasiga bostirib kirishga tayyorgarlik koʻrish uchun toʻplangan”, - dedi Patrushev Tehronda Xavfsizlik kengashi kotiblari va Afgʻoniston boʻyicha milliy xavfsizlik maslahatchilari yigʻilishida.

General Doʻstum Afgʻoniston shimoliga keng koʻlamli yurish boshladi

Patrushev jangarilarning yakuniy maqsadi Afgʻoniston va Markaziy Osiyo mamlakatlari hududini birlashtiruvchi Buyuk Xuroson deb ataluvchi davlat tuzish ekanini taʼkidladi.

Mavzu boʻyicha

Chegara postiga hujum qilgan jangarilarning maqsadi Oʻzbekiston boʻlgan - Xoliqnazar
Bortnikov Rossiyada yil boshidan buyon nechta jangarilar boshliqlari yoʻq qilinganini ochiqladi
Tojikistondagi chegara postiga uyushtirilgan hujum ortida kim turgani maʼlum boʻldi
Teglar:
Afgʻoniston, jangarilar, ID

Asosiy mavzular