00:08 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
472 0 0

Moskva va Kiyev bitimni uzaytirish imkoniyatini ikki tomonlama uchrashuvlar va Yevrokomissiya ishtirokida uch tomonlama muzokaralarda muhokama qilgan edi.

TOSHKENT, 21 dek - Sputnik. Moskva va Kiyev Ukraina orqali gaz yetkazib berishni davom ettirish shartlarini muvofiqlashtirib oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Rossiya va Ukraina tomoni Ukraina hududi orqali gaz tranzitini davom ettirish va oʻzaro daʼvolarni hal etish toʻgʻrisidagi bayonnomani imzoladi”, - deya maʼlum qilgan “Gazprom” kompaniyasi vakili.

Biroq yangi gaz kelishuvlarining batafsil maʼlumotlari ochiqlanmagan.

Ukraina orqali gaz tranzitining amaldagi shartnoma muddati joriy yil oxirida oʻz yakuniga yetadi. Moskva va Kiyev bitimni uzaytirish imkoniyatini ikki tomonlama uchrashuvlar va Yevrokomissiya ishtirokida uch tomonlama muzokaralarda muhokama qilgan edi.

Teglar:
shartnoma, gaz, Kiyev, Moskva

Asosiy mavzular