01:54 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
1090 0 0

Bugun Qirgʻiziston milliy xavfsizlik qoʻmitasida sobiq prezident Almazbek Atambayev asosiy figurant boʻlgan jinoiy ish yuzasidan sayyor sud oʻtkazildi.

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev  Qirgʻiziston Respublikasi milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB) binosida boʻlib oʻtgan sayyor sudni tark etdi. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarov maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga qaraganda, Atambayevni himoya qiluvchilar sudni boshqa joyga koʻchirish hamda sud majlisini davlat rahbarining ishtirokisiz oʻtkazishni soʻrab iltimosnoma kiritishgan. Chunki Atambayev sudda ishtirok etishni xohlamaydi va savollarga javob berishdan bosh tortmoqda.

“Biz boʻlgan sharoitlar na sanitar, na insoniy, na yuridik meʼyorlarga muvofiq kelardi. 12-15 kvadrat metr boʻlgan xona va unda boʻlgan 18 kishini tasavvur qiling. Sudya esa bir burchakda. Ammo sud majlis joyini koʻchirishni ham, majlisni Atambayevsiz oʻtkazishni ham rad etdi. Shundan soʻng Almazbek Sharshenovich oʻrnidan turib ketdi”, - deya advokat soʻzlaridan keltiradi Sputnik Qirgʻiziston.

Bunga qadar qonundagi oʻgʻri Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi boʻyicha sud majlisi Almazbek Atambayevning betobligi bois boʻlib oʻtkazilmagan edi. Oʻshanda sud prokurorning iltimosnomasiga binoan sayyor sud majlisini oʻtkazishga qaror qilgan edi.

Mavzu boʻyicha

Atambayev yana bir jinoyatda gumon qilinmoqda - advokat
Konstitutsiyaviy palata Atambayev shikoyati boʻyicha qaror qabul qildi
Atambayev oʻzi figurant boʻlgan jinoyat ishi majlisiga kelishdan bosh tortdi
Teglar:
sud, Almazbek Atambayev, Qirgʻiziston

Asosiy mavzular