Rossiyada yil siyosatchisi aniqlandi

© Sputnik / Artem Jitenev / Mediabankka o‘tishVid na Moskovskiy Kreml s podsvetkoy
Vid na Moskovskiy Kreml s podsvetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, rossiyaliklarning aksariyati mamlakat prezidenti Vladimir Putinni yil siyosatchisi deb hisoblaydi.

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Rossiyaliklar mamlakat prezidenti Vladimir Putinni yil siyosatchisi deb atashadi. Bu haqda Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (VSIOM) o‘tkazgan so‘rov natijalari dalolat bermoqda.

O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, so‘rovda ishtirok etganlarning 46 foizi Putinni yil siyosatchisi deb atashgan. Rossiya tashqi ishlar vaziri uchun 16 foiz kishi ovoz bergan. Yana 10 foiz kishi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguni yil siyosatchisi deb atashgan.

Prezident Rossii Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin Ukraina ishonch reytingida Zelenskiyni ortda qoldirdi

Qayd etilishicha, 39 foiz ishtirokchi javob berishga qiynalgan.

Shu bilan birga, 22 foiz rossiyaliklar Vladimir Putinni Yangi yil dasturxoniga taklif qilgan bo‘lishlarini aytishgan. 12 foiz kishi esa Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisini Vladimir Jirinovskiyni Yangi yil dasturxoniga taklif qilishga tayyor.

So‘rov noyabr-dekabr oylarida o‘tkazilgan. Telefon orqali ovoz berishda Rossiyaning 1,6 ming nafar voyaga yetgna fuqarolari ishtirok etgan.

Yangiliklar lentasi
0