05:52 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
130 0 0

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Liviya milliy kelishuv hukumati rahbari Fayyoz Sarroj va Liviya milliy armiyasi qoʻmondoni marshal Xalifa Haftarning Moskvadagi uchrashuvini tasdiqladi.

TOSHKENT, 13 yanv – Sputnik. Liviya milliy kelishuv hukumati (PNS) rahbari Fayyoz Sarroj va Liviya milliy armiyasi (LNA) qoʻmondoni marshal Xalifa Haftar hamda Liviyaning boshqa partiyalari vakillari dushanba kuni Rossiya va Turkiya Tashqi ishlar vazirlari va Mudofaa vazirligi rahbarligida Moskvada yigʻilishadi. Bu xaqda Rossiya TIVda RIA Novostiga xabar berildi.

"Istanbul sammitida eʼlon qilingan Rossiya Federatsiyasi va Turkiya prezidentlarining tashabbusini amalga oshirish doirasida, bugun Moskvada Rossiya va Turkiya tashqi ishlar vazirliklari va mudofaa vazirliklari rahbarlarining shafeʼligida Liviya ichki taraflar uchrashuvi boʻlib oʻtadi ... Sarroj, Haftar va Liviyaning boshqa tomonlari vakillarning ushbu uchrashuvda ishtirok etishi kutilmoqda”, - deb bayonot berildi idorada.

Avvalroq Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Liviya boʻyicha yagona pozitsiya bilan chiqishgan va barcha tomonlarni 12 yanvar yarim tundan boshlab oʻt ochishni toʻxtatishga va muzokaralar stoliga oʻtirishga chaqirishgan edi.

Xaftar bu tashabbusni olqishladi va u oʻz armiyasi oʻtgan yilning aprel oyidan beri olib borayotgan Tripoliga hujumni davom ettirishga vaʼda berdi.

Oʻz navbatida, Liviya PNS rahbari Fayez Sarraj ham LNA kuchlari olib chiqilgandan keyin yuzaga keladigan sulh taklifini qoʻllab-quvvatladi.

2011 yilda Liviya Qaddafiy oʻldirilganidan keyin yagona davlat sifatida amal qilmay qoʻygan. Hozirda mamlakatda ikki hokimiyat hukmronlik qilmoqda. Sharqda halq tomonidan saylangan parlament boshqarmoqda, gʻarbda esa poytaxt Tripolida Sarraj boshchiligidagi BMT va Yevropa Ittifoqining koʻmagida shakllangan Milliy kelishuv hukumati boshqaradi. Mamlakat sharqidagi hokimiyat mamlakat poytaxtini egallab olishga urinishni toʻxtatmayotgan Liviya Haftar milliy armiyasi bilan hamkorlik qilmoqda, bu.

Yanvar oyi boshlarida Tripoli turk harbiylirining birinchi guruhi kelganini maʼlum qildi.

Avvalroq Sputnik radiosi Tripoli mamlakat gʻarbida sulh eʼlon qilganini xabar qilgandi.

Asosiy mavzular