21:13 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Dunyoda
Havola olish
25710

Eron va AQSH oʻrtasida yuz bergan keskinliklardan soʻng Rossiya ular orasida muzokaralar oʻtkazishga tayyorligini bildirdi.

TOSHKENT, 14yanv - Sputnik. Seshanba kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, ikkala tomon ham bunga haqiqatda qiziqish bildirsa, Moskva AQSH va Eron oʻrtasida muloqot oʻrnatishga yordam berishga tayyor, deb bayonot berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

"Koʻpchilik keskinlikni kamaytirish uchun AQSH va Eron oʻrtasidagi aloqalarning boshlanishiga yordam berishga harakat qildi va harakat qilishda davom etmoqda. Biz Frantsiya prezidenti (Emmanuyel) Makronning tashabbusini va Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening harakatlarini ijobiy qabul qilamiz. Agar tomonlar bunga chinakam qiziqish bildirsa, biz yordam berishga tayyormiz."- dedi Shri-Lankaga tashrif buyurgan Lavrov.

Soʻnggi haftalarda Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin yomonlashdi. Vashington Tehronni ayblagan Iroqdagi AQSH elchixonasida oʻtkazilgan norozilik namoyishidan soʻng, AQSH harbiylari tomonidan eronlik general Qassam Sulaymoniy Iroqda boʻlgani paytida oʻldirildi. Eron Amerika harbiylari joylashgan Iroqdagi bazalarga zarbalar bilan javob berdi, ammo otishmada hech kim jabrlanmadi. Sulaymoniyning oʻldirilishidan keyin Iroq parlamenti chet el qoʻshinlarini mamlakatdan olib chiqishga chaqirdi.

Asosiy mavzular