12:18 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Dunyoda
Havola olish
73111

Besh yil davomida faqat guruch va tuzlangan Chili qalampirini isteʼmol qilgan xitoylik talaba qiz vafot etdi.

TOSHKENT, 14 yanv – Sputnik. Besh yil davomida faqat guruch va tuzlangan Chili qalampirini isteʼmol qilgan xitoylik talaba charchoqdan vafot etdi, deb xabar qildi South China Morning Post. RIA Novosti xabariga asosan.

Qizning onasi toʻrt yoshida vafot egan, 14 yildan soʻng esa otasi vafot etadi.

Shundan soʻng u ukasini katta qilishga majbur boʻldi. Ruhiy kasalligi tufayli bola tibbiy yordamga muhtoj edi, opasi esa har oy 300 yuan (2,7 ming rubl) miqdorida yordam puli olgan. Bu qiyinchiliklarga qaramay, qiz kollejga oʻqishga kiradi, u yerda unga har yili yetti ming yuan (62,2 ming rubl) miqdorida stipendiya toʻlanadi.

Talaba va uning ukasi qarindoshlarining uyida yashaygan, ammo baribir moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan.

Shu sababli, qiz besh yil davomida guruch va tuzlangan chili qalampiri bilan ovqatlanadi, bu qizning juda oriqlab ketishiga olib keldi: uning vazni 22 kilogrammni tashkil etgan. Oʻtgan yilning oktyabr oyida talabaga yurak va buyrak muammolari tashxisi qoʻyilgan edi. U xayriya tashkilotlariga murojaat qilishga majbur boʻldi va uning hikoyasi jamoatchilik eʼtiborini tortdi. Umumiy hisobda bir million yuan (taxminan toʻqqiz million rubl) toʻplangan, ammo bu yetarli emas edi.

Shifokorlar qizni qutqara olmadilar. U 13 yanvar kuni vafot etdi.

Asosiy mavzular