15:34 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
AQSH – Eron mojarosi (36)
1127 0 0

Eron generali Qosim Sulaymoniyning oʻldirilishiga javoban Iroqdagi AQSH bazalariga raketa zarbasi amalga oshirildi.

TOSHKENT, 15 yanv – Sputnik. Bagʻdod shimoliy qismida joylashgan AQSH harbiy bazasi - “Et-Taji” raketa zarbasiga raketa zarbasi amalga oshirildi, deb maʼlum qildi Iroq armiyasi. RIA Novosti xabariga asosan.

Zarba “Katyusha” tipidagi quroldan olib borilgan. Taʼkidlanishicha, hech kim halok boʻlmagan.

Yakshanba kuni ham  AQSH harbiylari joylashgan “Balad” bazasi ham raketa zarbasiga uchragandi.

Yaqin sharqda vaziyat keskinlashuvi

AQSH 2019 yil 29 dekabr kuni Iroq va Suriyadagi shialarning “Kataib Hizbullah” guruhi obʼyektlariga zarba berdi.

2020 yil 3 yanvarga oʻtar kechasi AQSH Bagʻdod xalqaro aeroporti yaqinida amaliyot oʻtkazdi, uning davomida eronlik general Qosim Sulaymoniy va Iroq shia koʻngilli qoʻshinlari rahbarining oʻrinbosari Abu Mahdi al-Muhandis oʻldirildi. Vashington ularni 31 dekabr kuni AQShning Iroqdagi elchixonasi va koalatsiya bazasiga uyushtirilgan hujumlarga aloqador deb hisobladi.

Eron oliy yetakchisi Ali Xominaiy Sulaymoniyning oʻlimi uchun AQShdan qasos olishga vaʼda berdi.

Iroq parlamenti "Islom davlati"*ga qarshi kurash koalitsiya bitimini bekor qilish va mamlakatdan xorijiy qoʻshinlarni olib chiqilishiga ovoz berdi.

8 yanvarda Eron AQShning Iroqda joylashtirilgan bazalari boʻylab 15 ta ballistik raketalarni uchirdi.

Mavzu:
AQSH – Eron mojarosi (36)

Asosiy mavzular