20:46 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Dunyoda
Havola olish
93610

Internetda Tojikistonnning Soʻgʻd viloyati Istaravshan shahrida boʻlib oʻtgan soxta Yulduz Usmonovaning kontserti tasvirga olingan video tarqaldi.

TOSHKENT, 15 yanv – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda oʻtgan yil oxirida Tojikistonnning Soʻgʻd viloyatida boʻlib oʻtgan soxta Yulduz Usmonovaning kontsert videosi tarqaldi.

Soxta Yulduz Usmonovaning Istaravshan shahrida katta shov-shuvga sabab boʻlgan kontsert yangi yil bayrami oldidan 24 dekabr kuni oʻtkazildi.

Tojikiston huquq tartibot organ xodimlari tomonidan ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlarini amalga oshirib, kontsert tashkilotchisiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi: Jamshid ismli shaxs - tashkilotchi rolida boʻlgan Saidjon Gʻaniyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 247 - moddasining 2-qismi (firibgarlik) boʻyicha jinoyat ishi ochildi.

Tergov ishi davom etmoqda.

Asosiy mavzular