19:03 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Dunyoda
Havola olish
417130

Qozogʻiston qishloq xoʻjalik vazirligi maʼlumotiga koʻra, bu qushlar Xitoyda oʻtkaziladigan musobaqalar “qatnashchilari” hisoblanadi va ehtimol ularni mamlakatga kuchli shamol olib kelgan.

TOSHKENT, 15 yanv – Sputnik.  Sharqiy-Qozogʻiston viloyati aholisi qanot va dumida qizil rangda Xitoy iyerogliflari yozilgan kaptarlar paydo boʻlgani tufayli tashfishga tushdi. Sputnik Qozogʻiston xabariga asosan.

Fuqarolar bu masala yuzasidan Katon-Qaragʻay milliy bogʻiga murojaat qilishdi.

Maʼlum boʻlishicha, ilmiy boʻlim xodimlari 2015 yildan beri bunday qushlarni kuzatib, oʻrganib chiqishgan va bir nechta ilmiy maqolalarni nashr etishgan.

Toʻrt yil avval Bekalka qishlogʻi aholisi oʻlgan kaptarni topib olishgan. Qushning oʻng oyogʻida qora rangda boʻlgan uzuk va gologramma borligi aniqlandi. Chap oyogʻida kichik trapsmitter oʻrnatilgan. Qushning qanotlarida esa Xitoy yozuvi iyerogliflari chizilgan.

Qiziqarli fakt: kaptarlar doim tovuqlar boqiladigan hovlilarda toʻxtab, odamlardan qoʻrqishmagan, qoʻlga oʻrgatilgan edi.  

"Biz Xitoy kaptarlarini oʻrganishni boshlaganimizda, ular haqiqatan ham juda muhim maʼlumotlarning tashuvchisi ekanligi maʼlum boʻldi, ammo maxfiy maʼlumotlar emas, balki sportga tegishli maʼlumotlar. Maʼlum boʻlishicha, oʻtgan asrning 90-yillarida kaptar sporti paydo boʻlib, tez rivojlangan. Kaptar totalizatorlari katta pul ishlash mumkin boʻlgan. Bu yoʻnalish rivojlangan mamlakatlardan biri - Xitoy", - deb yozdi Facebook’dagi sahifasida Ekologiya vazirligining Ekologiya vazirligining oʻrmon xoʻjaligi va yovvoyi tabiat qoʻmitasi xodimi Saken Dildahmet.

Uning soʻzlariga koʻra, Xitoya kaptarchilik tiklanishi oʻtgan asrning 90-yillarida iqtisodiy tiklanish boshlanishi bilan bogʻliq. Ushbu davrda, bitta pitomnikdan boshqasiga uchish tezligi boʻyicha mamlakat boʻylab musobaqalar oʻtkazila boshlandi.

2000 yildan beri Pekin va boshqa katta shaharlarda musobaqalar oʻtkazildi.  

Bugungi kunda Xitoyda koʻplab kaptar oʻchirish musobaqa joylari mavjud. Mamlakatda halqa, mikrochip, kaptarlarni aniqlash uchun skanerlar, elektron skanerli soatlar, shuningdek qushlarning joylashishini aniqlaydigan navigatorlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

Dildahmetning soʻzlariga koʻra, sport kaptarlarni yetishtirish bilan maxsus fermalar shugʻullanadi. Ulardan bir Urumchida joylashgan. Bu qushlar doimiy yashash joyidan 700 km uzoq masofagacha - chegara oldidagi Olma-ota va Sharqiy-Qozogʻiston viloyatlariga uchib kelishgan. Oʻtgan yili tutib olingan qushning qanotida "sport kaptar" va uning laqabi yozilgan.

Kaptarlarni Xitoy bilan chegaradosh joylarda uchramoqda, kuchli shamol tufayli qushlar asosiy marshrutdan uzoqlashgan boʻlishi mumkin.

Asosiy mavzular