12:43 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
158710

Dmitriy Medvedev Rossiya prezidentining Federal Kengashiga yoʻllagan murojaatnomasidan soʻng hukumat toʻliq tarkibda isteʼfoga chiqayotganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 15 yanv – Sputnik. Dmitriy Medvedev Rossiya prezidentining Federal Kengashiga yoʻllagan murojaatnomasidan soʻng oʻtkazilgan uchrashuvda hukumat toʻliq tarkibda isteʼfoga chiqayotganini maʼlum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Putin oʻz murojaatnomasida Rossiya Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar kiritish boʻyicha takliflar bergan edi.

Medvedevning soʻzlariga koʻra, taklif qilingan oʻzgarishlar ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati oʻrtasidagi muvozanatni oʻzgartiradi.

“Ushbu holatda ochiq koʻrinib turibdiki, biz Rossiya hukumati sifatida mamlakatimiz prezidentiga tegishli barcha qarorlarni qabul qilish imkoniyatini taqdim etishimiz kerak va hozirgi sharoitda, menimcha, Rossiya Konstitutsiyasining 117-moddasiga muvofiq, Rossiya hukumati toʻliq tarkibda isteʼfo berishi toʻgʻri boʻlardi”, - deb taʼkidladi Medvedev.

Rossiya yetakchisi yaqin vaqtda Vazirlar Mahkamasining har bir aʼzosi bilan uchrashishini aytdi.

Bundan tashqari, prezident Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari lavozimi joriy etilishi maʼlum qildi va bu lavozimni Dmitriy Medvedevga taklif qildi.

Asosiy mavzular