15:26 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1288)
843 0 0

Yaponiyada Xitoyning xavfli virusi bilan kasallanishining birinchi holati tasdiqlandi. Bugungi kungacha Xitoyda virusning nomaʼlum shtammini yuqtirishning 41 ta holati qayd etilgan. Bitta bemorning oʻlimi haqida ham maʼlum.

TOSHKENT, 16 yanv – Sputnik. Yaponiyada Xitoyning nomaʼlum virusi bilan yuqtirilishning birinchi holati tasdiqlandi, deb yozadi Kyodo News.

Kasallangan Xitoyning Uxan shahriga tashrif buyurgan Kanagava prefekturasining 30 yoshli fuqarosi ekanligi aniqlandi. Aynan shu yerda dekabr oyida koronavirusning yangi shtammidan kelib chiqqan pnevmoniya tarqaldi.

Erkak Uxanda boʻlganida 3 yanvar kuni oʻzini yomon his qildi. Bir necha kundan keyin u Yaponiyaga qaytib keldi, va bu yerda 10 yanvar kuni u yoʻtal va isitma alomatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Chorshanba kuni u kasalxonadan chiqarildi.

Bu Xitoydan tashqarida yangi virus bilan kasallanishning ikkinchi holati. Birinchi bor kasallik Tailandda, Uxandan kelgan ayolda aniqlangan. Ayol zudlik bilan karantinga joylashtirildi.

Nomaʼlum qoʻzgʻatuvchili pnevmoniyaning tarqalishi Uxan shahrida 2019 yil dekabr oyida qayd etilgan. 40 dan ortiq odam chalingan sirli infektsiyaning sababi koronavirus boʻlib chiqdi.

Birinchi bemor 9 yanvar kuni vafot etdi va uning aniq sabablari nomaʼlum - bu odamga qorin boʻshligʻi oʻsmasi va jigarning surunkali kasalligi tashxisi qoʻyilgan.

Hozir kasallanganlar bilan yaqin aloqada boʻlgan 700 ga yaqin kishi kuzatuvda, ularning 419 nafari shifokorlardir.

Kasallik qoʻzgʻatuvchisi barcha kasallar tashrif buyurgan shahar dengiz mahsulotlari bozorida boʻlgan deb taxmin qilinmoqda. Bozor yopildi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1288)

Asosiy mavzular