10:15 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Dunyoda
Havola olish
Xitoyda koronavirus epidemiyasi (119)
99601

Xitoydan tashqari Tailand, Yaponiya va Janubiy Koreyada bu virus bilan kasallanish holatlari aniqlandi. Mutaxassislar virus odamdan odamga oʻtishini tasdiqlashdi.

TOSHKENT, 21 yanv – Sputnik. AQShda Xitoy koronavirusi bilan birinchi kasallanish holati aniqlanganiligini tasdiqlashdi. Bu haqda The New York Times xabar qildi.

Vashington shtatida istiqomat qiluvchi kishi bu virus bilan kasallandi. U 15 yanvar kuni Xitoyning Uxan shahridan AQShga qaytib kelgandi.

Erkak oʻzini yomon xis qilishni boshladi va zudlik bilan shifokorlarga murojaat qildi. Ular unda yangi virus borliginiga shubha qilishdi.

Tashxish shu kunlarda tasdiqlandi. Hozir bemorning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.  

Oʻtgan haftada AQSH hukumati uchta aeroportda Xitoyning Uxan shahridan kelgan yoʻlovchilarni tekshirishni boshladi. Bu shaharda yangi koronavirus tarqalishi boshladi.

Yoʻlovchilar Nyu-York, San-Frantsisko va Los-Anjeles aeroportlarida tekshirilmoqda.

Oʻtgan yilning dekabr oxirida kuni Xitoy hukumati mamlakatning Uxan shahrida nomaʼlum pnevmoniya epidemiyasi yuzaga kelgani haqida xabar qilgan edi. Xitoylik mutaxassislar kasallik qoʻzgʻatuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekanini aniqlashdi.

21 yanvar holatidagi maʼlumotga koʻra, Xitoy hukumati ushbu virus keltirib chiqargan 319 ta pnevmoniya holati aniqlangan. Olti nafar kishi vafot etdi.

Virus Xitoy tashqari  Tailand, Yaponiya va Janubiy Koreyada bu virus bilan kasallanish holatlari aniqlandi. Mutaxassislar virus odamdan odamga oʻtishini tasdiqlashdi.

Mavzu:
Xitoyda koronavirus epidemiyasi (119)

Asosiy mavzular