20:38 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
129810

2012 yildan boshlab Oʻzbekiston “Korruptsiyani tasavvur qilish” indeksi boʻyicha oʻz pogʻonalarini sezilarli darajada yaxshilab kelmoqda.

TOSHKENT, 23 yanv – Sputnik. Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan yuritiladigan “Korruptsiyani tasavvur qilish 2019” indeksi boʻyicha navbatdagi hisobotini eʼlon qildi. Hisobotga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi 25 ball bilan 5 pogʻonaga yuqoriladi va 153 oʻrinni egalladi.

Jahon miqyosida oʻrtacha koʻrsatkichdan yuqori boʻlgan Sharqiy Yevropa davlatlaridan, Gruziya (56-ball), Belorussiya (45-ball) va Chernogoriya (45-ball) qayd etilgan. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlaridan: Turkmaniston 19-ball, Oʻzbekiston va Tojikiston 25-balldan toʻplashdi.

2012 yildan boshlab Belarus, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston “Korruptsiyani tasavvur qilish” indeksi boʻyicha oʻz pogʻonalarini sezilarli darajada yaxshilab kelmoqda.

Transparency International tashkilotining 2019 yil hisobotiga koʻra, quyidagi davlatlarda korruptsiya hodisasi deyarli kuzatilmayotganligini aniqlangan: Daniya va Yangi Zelandiya 1-oʻrin (87 balldan), Finlyandiya 3 oʻrin (86), Singapur, Shvetsiya va Shveytsariya 4-oʻrinni (85 balldan) egallab ijobiy natija koʻrsatishdi.

“Korruptsiyani tasavvur qilish” indeksi 1995 yildan boshlab dunyoning barcha mamlakatlarida davlat sektorida korrupsiya darajasini aniqlash boʻyicha ekspertlar va tadbirkorlar baholari asosida 0 (eng yuqori) 100 (eng past) shkala boʻyicha baholanadi. Shuningdek, ushbu indeks Jahon banki, World Justice Project, Afrika taraqqiyot banki, Economist Intelligence Unit  va boshqa mustaqil va taniqli institutlar tomonidan ishlab chiqariladigan korruptsiyaga oid maʼlumotlarining turli manbalarini yigʻish orqali baholanadi.

Asosiy mavzular