01:37 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Dunyoda
Havola olish
57020

Koronavirus bilan bogʻliq vaziyat tufayli Qirgʻiziston Xitoydan goʻsht va goʻsht mahsluotlarni vaqtincha olib kirishni chekladi.

TOSHKENT, 24 yanv - Sputnik. Koronavirus bilan bogʻliq vaziyat tufayli Qirgʻiziston Xitoydan goʻsht va goʻsht mahsluotlarni vaqtincha olib kirishni chekladi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston Veterinariya va fitosanitariya xavfsizligi davlat inspektsiyasiga asosan xabar qildi.

Veterinariya idorasi Qirgʻizistonga Xitoydan 140 tonna quturgan mol goʻshti olib kirilgani haqida ijtimoyi tarmoqlarda tarqalgan xabarni rad etdi. Bu feyk xabarlarda chegarada 70 tonna goʻsht toʻxtatilgani va shu miqdorda sotuvga chiqarilgani aytilgan, fuqarolar fastfut bilan ovqatlanmaslik va qiyma goʻshtni sotib olishmasligi yuzasidan ogohlantirilgan.

Davlat inspektsiyasida taʼkidlanishicha, oʻtgan yil dekabrda Xenan provintsiyasidan 48 tonna oʻrdak goʻshti olib kirilgan. Bu goʻsht barcha tekshiruv va ekspertizalardan oʻtkazilgandan soʻng sotuvga chiqarilgan.

Xitoyda koronavirus bilan vaziyat hal boʻlgunga qadar goʻsht olib kirish toʻxtatildi.

Inspektsiya tomonidan feyk xabarlar internetda tarqatilishi holati yuzasidan mamlakat milliy xavfsizlik qoʻmitasiga xat yuborildi.

Asosiy mavzular