20:23 25 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
440 0 0

Oq uy rahbari Donald Tramp oʻzining nutqi nusxasini chiqish qilishdan oldin odatdagi kabi spiker va vitse-prezidentga uzatgan.

TOSHKENT, 5 fev — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Trampning kongressdagi “Mamlakatdagi vaziyat toʻgʻrisida”gi yillik murojaatnomasidan  soʻng Vakillar palatasi spikeri demokrat Nensi Pelosi uning nutqi matnini namoyishkorona yirtib tashladi.

Oq uy rahbari oʻzining nutqi nusxasini chiqish qilishdan oldin odatdagi kabi spiker va vitse-prezidentga uzatgan. Oʻsha payt spiker Trampga qoʻlini uzatgan, biroq Tramp uning qoʻlini siqib koʻrishmasdan, teskari burilib tribunadagi oʻz oʻrnini egallagan.

Tramp oʻz nutqini yakunlashi bilanoq, uning ortida boʻlgan Pelosi stol ustidagi uning nutqini olib, namoyishkorona yirtib tashlagan.

​Keyinchalik Nensi Pelosi jurnalistlarga ushbu xatti-harakatini izohlab, “muqobillarini inobatga olgan holda bu boadabona” boʻlganini maʼlum qilgan.

Asosiy mavzular