Xitoy uyali telefon va avtomobil ehtiyot qismlarining narxi ko‘tariladi

© REUTERS/Issei Kato V mire nachalis prodaji novogo Apple7
V mire nachalis prodaji novogo Apple7 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bordiyu Xitoyda texnika ishlab chiqarish zavodlarning ish faoliyati 10-fevralgacha tiklanmasa, smartfonlarning narxi ko‘tarilishidan tashqari, ular Rossiya do‘konlarida umuman qolmaydi.

TOShKENT, 5 fev – Sputnik. Xitoyda koronavirus tarqalishi ko‘plab zavodlarni yopilishiga olib keldi. Bu esa smartfon, boshqa texnika narxi ko‘tarilishiga olib keladi, deb yozmoqda "Izvestiya" nashri.

Vliyanie koronavirusa na mirovuyu ekonomiku - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy xavfli virusi jahon iqtisodiyotini "zaharladi"

Ta’kidlanishicha, narxlarning ko‘tarilishi Rossiyada ham kuzatiladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Xitoy fabrikalarining har bir ishsiz haftasi tovar narxiga 3 foizdan qo‘shib boradi. Agar Xitoyda zavodlarning ish faoliyati 10-fevralgacha qayta tiklanmasa, mart oxiriga kelib Rossiya do‘konlarida umuman Xitoy texnikasi qolmaydi.

Tahlilchilar, yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar barcha Xitoy brendlariga, shuningdek Apple va qisman Samsung’ga ta’sir qiladi.

Bundan tashqari, avtomobil ehtiyot qismlari narxi bir necha baravar ko‘tarilishi mumkin.

KamAZ kompaniyasi mashinalarsozlikdagi muammolar haqida rasmiy bayonot bergandi. Xitoy ehtiyot qismlarini yetkazib berishdagi uzilishlar sababli kompaniya ishlab chiqarishni qisqartirishni rejalashtirmoqda.

Koronavirus dunyo bo‘ylab tarqalishi

Dekabr yakunida Xitoy hukumati Xubey viloyati markazi bo‘lgan Uxan shahrida pnevmoniya koronavirus - 2019-nCoV tarqalishi haqida xabar qilingandi.

5 fevral holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 24 551 kishida koronavirus aniqlangan. Shulardan 24 338 nafari Xitoyda qayd etilgan. Hozirgacha 493 ta o‘lim holati kuzatilgan bo‘lsa, 910 kishi ushbu virusdan tuzalgan.

Xitoydan tashqari koronavirusni yuqtirish holatlari Fransiya, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Rossiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Avstraliya, Hindiston, Vyetnam, Gonkong, Malayziya, Makao, Nepal, Singapur, Tailand, Tayvan, Yaponiya, Filippin, Janubiy Koreya, BAA, JAR, Kambodja, Shri-Lankada qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0