23:52 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
385 0 0

Harbiy xizmatchi Tailand shimoliy-sharqida odamlarga qarata oʻt ochdi. Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, hujum oqibatida 26 kishi halok boʻlgan, 57 kishi jarohatlangan. Uning oʻzi maxsus amaliyot davomida otib oʻldirildi.

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Tailand politsiyasi Nakxonratchasima shahrida odamlarni oʻqqa tutgan harbiy xizmatini otib oʻldirdi. Bu haqda mahalliy The Bangkok Times nashri xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, jinoyatchi Terminal 21 savdo markazida oʻldirilgan. U yerda huquq-tartibot xodimlaridan 17 soatdan ziyod yashiringan edi.

Milliy politsiya boshligʻi Pol Gen Chaktip Chayinda oʻt ochgan harbiy xizmatchining yoʻq qilinganini tasdiqlagan.

​Jinoyatchining shaxsi aniqlagan – u Suratxampitxak harbiy lageridagi 32 yoshli kichik zobit Jakrapant Tomma.

Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda,  hujum oqibatida 26 kishi halok boʻlgan, 57 kishi jarohatlangan,  ulardan 45 nafariga kasalxonadan ruxsat berilgan.

Keyinchalik Tailand bosh vaziri Prayut Chan-Ocha harbiy xizmatchining bu ishga qoʻl urishiga maishiy mojara sabab boʻlganini maʼlum qildi.

“Sabab? Jinoyachi va uning xizmatdoshi oʻrtasidagi uy sotilishi tufayli maishiy mojaro sabab boʻlgan”, - deya maʼlum qilgan bosh vazir. U quruqlikdagi qoʻshin qoʻmondonligi mojaro tafsilotlarini oʻrganinishini qoʻshimcha qilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq harbiy xizmatchi Tailand shimoliy-sharqida odamlarga qarata oʻt ochgani va koʻplab kishilarda garovda ushlab turgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular