01:30 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
614 0 0

Qozogʻiston prezidenti Qosim Jomart Tokayev mamlakat janubida ommaviy tartibsizliklardan soʻng qator amaldor va politsiya boshliqlarini ishdan boʻshatish haqida topshiriq berdi.

TOSHKENT, 10 fev – Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Qosim Jomart Tokayev mamlakat janubida yuz bergan ommaviy tartibsizliklardan soʻng ikki nafar amaldor va politsiya boshliqlarini ishdan boʻshatish haqida topshiriq berdi. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston xabar qildi.

“Jambil viloyati Korday tumanida odamlar halokatiga olib voqealardan soʻng, ish faoliyatda jiddiy kamchiliklar uchun Jambil viloyati hokimining ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Kurmanbekov va Korday tumani xokimi Baytol egallab turgan lavozimdan ozod etish haqida topshiriq berildi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, Jambil viloyati politsiya departamenti boshligʻi va Korday tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi ishdan boʻshatish haqida topshiriq berildi.

Eslatib oʻtamiz, 7 fevral kuni Jambil viloyati Korday tumani Masancha qishlogʻida ommaviy mushtlashuv boshlangan. Tartibsizliklar oqibatida 10 kishi halok boʻldi, 40 kishi jarohat oldi. Politsiya 50 kishini qoʻlga oldi.

Oʻt qoʻyish oqibatida 30 ta uy, 15 ta doʻkon va 23 dona avtomashiga zarar yetkazildi. Qozogʻiston bosh vazir oʻrinbosari Berdibek Saparbayev boshchiligida hukumat komissiyasi tuzilib, tekshiruv ishlari boshlandi.

Asosiy mavzular