01:29 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
1059 0 0

"Shimoliy oqim-2"ni yotqizishni tugatishda qatnashishi mumkin boʻlgan "Akademik Cherskiy" quvur yotqizish kemasi Naxodkadan joʻnab ketdi. Mutaxassis Dmitriy Solonnikov Sputnik radiosida gaz quvurining qurib bitkazilishiga kema oldida turgan toʻsiqlar haqida gapirdi.

Vesselfinder bergan maʼlumotga koʻra, "Shimoliy oqim-2" gaz quvuri qurilishini tugata oladigan "Akademik Cherskiy" quvur yotqizish kemasi Naxodka portini tark etib, Singapurga yoʻl oldi.

Portalga koʻra, "Gazprom"ning bu kemasi 22 fevral kuniga Singapurga yetib kelishi kerak.

Energetika vaziri Aleksandr Novak "Akademik Cherskiy" ni gaz quvurini qurishga qodir kema deb atadi.

Avvalroq, Germaniyaning Handelsblatt gazetasi Vashingtondagi diplomatik doiralarga tayanib, agar Rossiya ushbu quvur qurilishini tugatishga harakat qilsa, AQSH ushbu loyihaga qarshi yangi sanktsiyalarni kiritishi mumkinligini, ularning nishonida bu gaz quvuridan Rossiya gazini oladigan sarmoyadorlar yoki kompaniyalar boʻlishi mumkinligini aytdi.

Sputnik radio efirida Zamonaviy davlatni rivojlantirish instituti direktori Dmitriy Solonnikov "Akademik Cherskiy" quvur yotqizish kemasiga ishga tushishiga toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan omillar haqida fikr bildirdi.

"Hozircha bu Rossiyada mavjud boʻlgan yagona variant. Uni ishlashiga taʼqiq qoʻyish uchun hech qanday toʻsiqlar yoʻq. U Daniya qonunlariga toʻla mos keladi va ushbu ishlarni bajarishga texnik jihatdan qodir. AQSH sanktsiyalari faqat kemaning oʻzi va unga egalik qiladigan kompaniyaga nisbatan qoʻllanilishi mumkin, ammo bu Rossiya kompaniyasidir va bu sharoitda nima qilishni oʻzi  biladi. Qoʻshma Shtatlarda koʻrib chiqilayotgan yangi sanktsiyalar gaz isteʼmolchilariga taalluqlidir, yaʼni amerikaliklar quvurning qurilishiga qarshi emas, balki uni ishga tushirish va undan foydalanishga qarshi. Va bu sanktsiyalar nemis kompaniyalariga qoʻllanilishi mumkin, va keyingi savollar Germaniyaga va AQSH va Gʻarbiy Yevropa orasidagi keskinlikka taalluqli,"- deydi Dmitriy Solonnikov.

Dekabr oyi oxirida AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatning mudofaa byudjeti toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi, bunga "Shimoliy oqim-2" gaz quvuri va ushbu loyihada ishtirok etishga rozilik bergan kompaniyalarga nisbatan sanktsiyalar toʻgʻrisidagi qoidalar kiritilgan. AQSH sanktsiyalari tahdidi tufayli "Shimoliy oqim-2" uchun quvurlar yotqizgan shveytsariyaning Allseas kompaniyasi ishni toʻxtatdi va loyihaga jalb qilingan kemalarni qaytarib oldi.

"Shimoliy oqim-2" Rossiya sohilidan Boltiq dengizi orqali Germaniyaga oʻtadigan ikkita gaz quvurini qurishni nazarda tutadi. Baʼzi davlatlar, xususan, Ukraina, Litva, Latviya, Polsha va AQSH ushbu loyihaga qarshi chiqishdi. Kiyev Rossiya gaz tranzitidan keladigan daromadni yoʻqotishdan qoʻrqdi. AQSH oʻzining suyultirilgan gazini Yevropa bozorida targʻib qilmoqda. Boltiqboʻyi mamlakatlari va Varshava, oʻz navbatida, quvurni "siyosiy asoslangan" loyiha deb biladi.

Rossiya hukumati, shuningdek Berlin va Vena "Shimoliy Oqim-2"ni Yevropa mamlakatlarining energiya xavfsizligini oshirishga qaratilgan tijorat loyihasi ekanligini bir necha bor taʼkidlashgan.

Asosiy mavzular