10:45 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Dunyoda
Havola olish
442 0 0

Amerika Qoʻshma Shtatlari Rossiya bilan Strategik hujum qurollari shartnomasini uzaytirish shartlarini yopiq eshiklar ortida muhokama qilishni afzal koʻrmoqda.

TOSHKENT, 12 fev - Sputnik. Amerika Qoʻshma Shtatlari Rossiya bilan SNV-3 (SXQ Strategik hujum qurollari - Tahr.) shartnomasini uzaytirish shartlarini yopiq eshiklar ortida muhokama qilishni afzal koʻradi. Bu haqda AQSH prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Robert O’Brayen maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Amerika tez orada bu borada muzokaralar oʻtkazilishiga umid qilmoqda.

"Biz ommaviy axborot maydonida emas, balki Rossiya hukumati va Vladimir Putin bilan muzokaralar olib boramiz. Biz yaqin orada rossiyalik hamkasblarimiz bilan muzokaralar stoliga oʻtiramiz va ushbu muhim masalalarni muhokama qilamiz”, - dedi u Vashingtondagi Atlantika kengashida ushbu shartnomani uzaytirishning mumkin boʻlgan shartlari toʻgʻrisida savolga javob berayotib. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Asosiy mavzular