20:33 22 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Dunyoda
Havola olish
Xitoyda koronavirus epidemiyasi (117)
116101

Oʻtkazish punktlari odatdagi jadvalga binoan ishlamoqda. Biroq mamlakatga kirayotgan fuqarolarning ahvolini tekshirish uchun choralar qabul qilingan.

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Yangi koronavirus tufayli Qozogʻistonning Mangistau viloyatidagi “Tajen” bojxona postida sanitar-karantin nazorati choralari kuchaytirildi. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston nashri xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, Turkmaniston bilan chegaradagi “Temir-baba” postida ham nazorat kuchaytirilgan.

Postlar statsionar va koʻchma teplovizorlar bilan jihozlangan. Kerakli vositalar keltirilgan. Tibbiyot xonasi, tibbiy niqoblar, maxsus tibbiy liboslar mavjud. Birinchi navbatda, teplovoz yordamida inson tanasi harorati oʻlchanadi. Agar u yuqori boʻlsa, xodimlar yoʻriqnomaga binoan ish tutishadi.

“Temir-baba” bojxona posti rahbari Yersayin Alimbayevning soʻzlariga koʻra, oʻtkazish punktlari odatdagi jadvalga binoan ishlamoqda.

Ushbu chora-tadbirlar chegaradan oʻtayotgan fuqarolar va bojxonachilarning oʻzini koronavirus bilan kasallanish holatlarining oldini olishga yordam berishi hamda nazorat punktlarining bir maromda ishlashini taʼminlashi lozimligi aytilgan.

Mavzu:
Xitoyda koronavirus epidemiyasi (117)

Asosiy mavzular