13:14 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1282)
858 0 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining bosh direktori yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlarning 80 foizdan ortigʻi tuzalib keta olishlarini maʼlum qildi. Lekin ayrim shaxslar uchun virus oʻta xavfli boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 18 fev - Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining bosh direktori Tedros Adhan Gebreyesus yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlarning 80 foizdan ortigʻi tuzalib keta olishlarini maʼlum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Uning soʻzlariga koʻra, keksa odamlar xavf ostida qolishadi, yosh bolalar deyarli COVID-19 bilan kasallanishmaydi.

“Yangi koronavirus atipik pnevmoniya va Yaqin Sharqdagi respirator sindromi kabi xavfli emas. COVID-19ning yengil shakliga chalingan bemorlarning 80 foizdan ortigʻi tuzalib ketadi. Taxminan 14 foiz hollarda virus jiddiy kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi, jumladan, pnevmoniya va nafas qisilishiga. Bemorlarning 5 foizda esa nafas olish yoʻllarining yetishmovchiligi, septik shok va tana aʼzolar yetishmovchiligi kabi kasallikning kritik shakllari kuzatilmoqda” - dedi JSST bosh direktori.

Gebreyesusning taʼkidlashicha, hozirgi vaqtda Xitoy tashqarisida yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar soni 694 kishini tashkil etadi, uch kishi vafot etgan.

Bungacha JSST Xitoydan tashqarida 25 ta mamlakatda 683 ta COVID-2019 kasalligi aniqlangani, ulardan uchtasi vafot etgani haqida xabar qilgan edi.

“Jeneva vaqti bilan soat 6:00 ga maʼlumotlarga koʻra, Xitoyda COVID-2019 infektsiyasining 70 635 holati qayd etilgan, ulardan 1772 nafari vafot etgan. Soʻnggi 24 soat ichida Xitoy 2051 klinik va laborator usulda yangi infektsiya holatlarini tasdiqladi. Xitoy tashqarisida, JSST 25 mamlakatda 694 ta COVID-2019 kasalligi va uch kishining oʻlganligi toʻgʻrisida xabar oldi", - dedi dushanba, 17 fevarl kuni JSST bosh direktori.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Xitoydan olingan yangi maʼlumotlarga asosan, epidemiya qaysi yoʻnalishda rivojlanishi aniqroq boʻladi.

“Maʼlumotlar, shuningdek, COVID-2019ning yangi holatlari kamayishi haqida gapirmoqda. Ammo bu tendentsiyani juda ehtiyotkorlik bilan izohlash kerak, u oʻzgarishi mumkin. Bu pasayish davom etadi deb aytish hali erta. Hozircha barcha stsenariylar koʻrib chiqilmoqda", - deya taʼkidladi Gebreyesus.

Xitoy hukumati 2019 yil oxirida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga mamlakatning markaziy qismida (Xubey provintsiyasi) Uxan shahrida kelib chiqishi nomaʼlum pnevmoniya kasalligi haqida xabar bergan. Mutaxassislar kasallikning qoʻzgʻatuvchisini aniqlashga muvaffaq boʻlishdi - bu yangi koronavirus. JSST epidemiyani xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat deb tan oldi va ushbu kasallikka rasmiy nom berdi - COVID-2019.

Soat 12.00 holatiga (Toshkent vaqti) coronavirus-monitor.ru saytiga bergan maʼlumotga koʻra, yuqtirganlar soni 73,336, oʻlim holatlari 1874, tuzalganlar soni esa 12837 kishini tashkil qilmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1282)

Asosiy mavzular