08:25 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (537)
755 0 0

Xitoyning Sichuan provintsiyasida koronavirusni qayta yuqtirish holati aniqlandi. Bemor va uning oila aʼzolari shifokorlar tomondan olib ketilgan.

TOSHKENT, 21 fev – Sputnik. Xitoyning Sichuan provintsiyasida koronavirusni  qayta yuqtirish holati aniqlandi, deb xabar beradi People's Daily. RIA Novosti xabariga asosan.

Ushbu bemor yanvar oyining boshida shifoxonadan chiqarilgan edi, deb yozadi gazeta. Chiqib ketganidan keyin u uy karantinida boʻlgan va hech qayerga chiqmagan. Oʻn kun oʻtgach, unda virusli nuklein kislotani aniqlash uchun qayta tekshiruv oʻtkazildi va natijasi ijobiy natija chiqdi. Bemor va uning oilasi tegishli tuzilmalar tomonidan olib ketilgan, uylari dezinfektsiya qilindi.

2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy JSSTga mamlakatning markaziy qismida (Xubey provintsiyasi) Uxanda kelib chiqishi nomaʼlum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qoʻzgʻatuvchisini aniqladilar - bu yangi koronavirus. JSST ushbu kasallikni xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat deb tan oldi va ushbu kasallikka rasmiy nom - COVID-19 berildi. Xitoyning oʻzida koronavirus qurbonlari soni 2236 tashkil qildi, 18264 kishi davolanib chiqdi.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (537)

Asosiy mavzular