Markaziy Osiyo o‘rnida cho‘l – qirg‘iz ekologi xavfli halokatlar haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Maksat ElebesovEkoforum posvashenniy soxraneniyu lednikov v Bishkeke
Ekoforum posvashenniy soxraneniyu lednikov v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agar Markaziy Osiyo ekologiyani saqlash va iqlim o‘zgarishiga tayyorgarlik ko‘rish borasida kelishuvga erishilmasa, mintaqada suv uchun qurolli mojarolar boshlanishi mumkin deb hisoblamoqda ekologlar.

TOShKENT, 26 fev – Sputnik. Markaziy Osiyoda yagona ekologik siyosat yo‘qligi sababli mintaqa cho‘lga aylanishi mumkin, deb ta’kidladi "Mangu" ekologik jamg‘armasi rahbari Urust Qabilbekov muzliklarni saqlashga bag‘ishlangan ekoforumda. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.

Orol dengizi. - Sputnik O‘zbekiston
Orol: dahshatli fojia va maftunkor go‘zallik – qiziqarli suratlar

Ekologning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda yerlardan samarasiz foydalanish, ruda qazish va tog‘ yo‘llarini qurilishdagi portlash ishlari, shuningdek atmosferada chiqindi gazlar konsentratsiyasi tufayli muzliklar tez eriyapti. Bundan tashqari, Orol dengizidagi tuz changlari muzliklarga tushmoqda, deydi ekolog.

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 30 foizga kamaydi. Markaziy Osiyo xalqlari muammoning umumiy yechimini topib, birgalikda rivojlanish konsepsiyasini qabul qilishi zarur”, - deydi Qabilbekov.

Forumning boshqa ishtirokchilari ekologning fikrlariga qo‘shildi. Ba’zilar Qirg‘iziston hukumatiga ekologik muammolarni birgalikda hal etish bo‘yicha qo‘shni davlatlar bilan kelishib olishni taklif qilishdi.

Markaziy Osiyoda qurolli mojarolar tahdidi

Jamiyat arbobi va metsenat Asqar Salimbekov suv resurslari uchun kurash tufayli qurolli to‘qnashuvlar yuz berayotganini ta’kidladi. Uning fikriga ko‘ra, agar Qirg‘iziston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari yagona konsepsiyani qabul qilmasa, mintaqa keskinlik zonasiga aylanishi mumkin.

Salimbekovning ta’kidlashicha, dunyo hozir iqlim o‘zgarishiga duch kelmoqda.

"Ushbu konferensiya Markaziy Osiyoning yagona konsepsiyasini ishlab chiqish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishi kerak. Huqumatga umumiy murojaatnoma yozishimiz kerak", - deb ta’kidladi Salimbekov.

Metsenatning so‘zlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij kelishuviga binoan (2015 yil) yordam beradigan katta sarmoyali jamg‘arma tashkil etilganligini ta’kidladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari dastur ishlab chiqishlari va qo‘shma ariza topshirishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0