08:17 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
102710

Bishkek markazida oʻtkazilgan mitingda politsiya va namoyishchilar oʻrtasida toʻqnashuv yuz berdi, yuzga yaqin kishi qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 2 mar – Sputnik. Bugun Bishkekda mitingda qatnashgan yuzga yaqin kishi qoʻlga olindi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston.

Xabarda aytilishicha, Bishkek markazida sobiq deputat Sadir Japarovni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha miting oʻtkazildi, namoyishchilar uni ozod qilinishi talab qilishdi.

Soat 18:00 ga yaqin politsiya va namoyishchilar oʻrtasida toʻqnashuvlar boshlandi. Politsiya shovqinli granata, tutun shashka va vodometlarni qoʻlladi.

IIV matbuot kotibi Bakit Seyitovning soʻzlariga koʻra, yuzga yaqin namoyishchilar – sobiq deputat Japarov tarafdorlari qoʻlga olindi.

“Miting tinch edi, biroq ayrimlarda boshqa rejalar boʻlgan. Tashkilotchilar jamoat tartibi buzilmasligiga vaʼda berishgandi, ammo ular olomonga qarshi tura olmadilar va tartibni buzdilar. “Oq uy”ni egallash haqida gap-soʻzlar yangradi, namoyishchilar tosh otishdi, yoʻl qoidalarini buzishdi. Buning uchun tashkilotchi va provokatorlar javob beradi, bugun jabrlangan fuqarolarga yetkazilgan zararni qoplaydi”, - deb taʼkidladi IIV vakili.

Sobiq deputat Sadir Japarov 2017 yil martda qoʻlga olingan. Uni garovga olishda ayblashdi. Sud 2013 yil 7 oktyabrda Qorakoʻlda Japarov tomonidan oʻtkazilgan miting paytida, uning ishtirokchilari hukumatning Issiqkoʻl viloyatidagi oʻsha paytdagi maxsus vakili Emil Kaptagayevni zoʻrlik bilan mashinaga solishgani tan oldi. Japarovga 11,5 yilga qattiq tartibli koloniya jazosi tayinlangan.

Asosiy mavzular