16:32 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
22410

Oltita davlat - Estoniya, Polsha, Xorvatiya, Niderlandiya, Ruminiya va Litva Yevropa Ittifoqining kiber qoʻshinlari tuzdi.

TOSHKENT, 5 mar – Sputnik. Yevropaning oltita davlati Yevropa Ittifoqining kiber qoʻshinlarini tuzish haqida memorandum imzoladi, deb xabar beradi Sputnik Litva mamlakat Mudofaa vazirligiga asosan.

Uyushmaga Estoniya, Polsha, Xorvatiya, Niderlandiya, Ruminiya va Litva kirdi. Litva bu uyushmaga rahbarlik qiladi.

Ishtirokchi davlatlar kelishuvni 4 mart kuni Zagrebda imzoladilar.

Hujjatda fuqaro va harbiy mutaxassislarning xalqaro guruhi ishlashi koʻzda tutilgan, ular kiberhududni kuzatib boradi va kiber hujumlarga tezkor javob qaytaradi, tergov ishlarini olib boradi va ehtimoliy hodisalarning oqibatlarini yoʻq qiladi.

Uyushmada rahbarlik rotatsiya tamoyiliga koʻra oʻzgaradi. Yana yetti mamlakat - Belgiya, Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Frantsiya, Sloveniya va Finlyandiya kuzatuvchi maqomidaga qoʻshildi.

Asosiy mavzular