00:34 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)
826 0 0

Estoniya rahbari AQShda amerika-isroil koʻmitasi kongressida qatnashdi. Biroz oʻtib tadbir tashkilotchilari kongressning ikki aʼzosida koronavirus aniqlanganini xabar qilishdi.

TOSHKENT, 8 mar — Sputnik. Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd AQShdan qaytgandan soʻng koronavirusga topshirgan tahlili manfiy natijani koʻrsatganini maʼlum qildi.

“Bugun maʼlum boʻlishicha, delegatsiyaning barcha aʼzolarining tahlillari manfiydir. Shunday ekan kelgusi hafta ish odatdagi rejim bilan davom etadi”, - deya yozgan Kalyulayd Facebook᾽da.

Estoniya rahbari AQShda Vashingtondagi AIPAC jamoat aloqalari boʻyicha amerika-isroil koʻmitasi kongressida qatnashdi. Juma kuni tadbir tashkilotchilari kongressning ikki aʼzosida koronavirus aniqlanganini xabar qilishdi. Kalyulayd tashqari kongressda AQSH vitse-prezidenti Maykl Pens va AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo qatnashgan.

COVID-19

2020 yilning 8 mart holatiga koʻra, dunyo boʻyicha COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlarning umumiy soni 106 mingdan oshgan. Koronavirus 70 dan ziyod mamlakatda qayd etilgan. Xitoydan keyin Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya va Eronda virusning avj olishi kuzatilmoqda. Mazkur kasallikdan 3600 kishi vafot etgan va salkam 60 ming kishi esa tuzalib ketgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)

Asosiy mavzular