01:31 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
855 0 0

8 mart kuni Qirgʻiziston poytaxtida mahalliy feministlar ommaviy yurish oʻtkazishga urinishdi, biroq ular huquq-tartibot xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 8 mar — Sputnik. Qirgʻiziston IIV Xalqaro xotin-qizlar kunida Bishkekda faollar harakati oʻtkazishga uringan noqonuniy yurishning oldini oldi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qilmoqda.

Shaharning Sverdlov tumani IIB matbuot xizmati xabariga koʻra, aktsiya oldindan kelishilmagan, shuning uchun odamlar tinchini buzganlarga nisbatan kuch ishlatishga toʻgʻri kelgan.

Yurish soat 12:00 da Gʻalaba maydonida rejalashtirilgan, ammo bir guruh nomaʼlum shaxslar bunga xalaqit qilishgan. Yuzaga kelgan janjaldan soʻng voqea joyiga huquq-tartibot xodimlari yetib kelishgan va ular noqonuniy aktsiyaning bir necha ishtirokchisini qoʻlga olishgan.

Aktsiya ishtirokchilarining ayrimlari plakat koʻtarib olishgan va “Yurishga ruxsat yoʻq, zoʻravonlikka bor” deya qichqirishgan. Shuningdek, ular IIV xodimlariga “buni ularning onalari kechirmasliklarini” aytishgan.

Tuman IIO maʼlumotlariga qaraganda, mitingni “Feminalle” va “8/365” jamoatchilik harakati vakillari tashkillashtirishgan. Aktsiya tuman hukumati bilan muvofiqlashtirilmagan. Qolaversa, oʻtkazilishi kutilayotgan tadbirdan huquq-tartibot organlarining xabari boʻlmagan. Natijada bu provokatsiya va jamoat tartibini buzilishiga olib kelgan.

“Svedlov tumani aholisi Gʻalaba maydonidagi tartibsiz miting yuzasidan norozilik izhor etdi. Bu yerda shaharliklar Ulugʻ Vatan urushida halok boʻlgan jangchilarning xotirasini yod etishadi”, - deyilgan xabarda.

Ular orasida ehtimoliy  provokatorlar boʻlishi mumkin boʻlgan janjal ishtirokchilari hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun qoʻlga olingan.

Asosiy mavzular