00:25 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
32610

London sudi Nurali Aliyev narxi 100 million dollardan oshadigan uy sotib olish uchun mablagʻ qayerda olinganini aniqlamoqchi.

TOSHKENT, 11 mar – Sputnik. London Oliy sudi Qozogʻiston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nevarasi - Nurali Aliyevdan Londonda 80 million funt sterling (104 mln dollar) qiymatida boʻlgan koʻchmas mulkni sotib olish uchun mablagʻning kelib chiqishini tushuntirib berishini soʻramoqda. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston xabar qildi.

Sud muhokamasining mavzusi Buyuk Britaniya poytaxti shimolidagi nufuzli Xempsted tumanidagi uy boʻldi.

Bu koʻchmas mulkning egasi - offshorlarda roʻyxatga olingan ikkita kompaniya ekanligi aniqlandi. Biroq, Buyuk Britaniyaning Jinoyatga qarshi milliy agentligi xodimlari 35 yoshli Nurali Aliyev, uning rafiqasi Aida va farzandlari kinoteatr va basseynga ega boʻlgan uyda istiqomat qilayotganini aniqlashga muvaffaq boʻldi.

Prokuratura koʻchmas mulkni sotib olish uchun mablagʻ, 2015 yilda Avstriyada qamoqxonada osilgan holda topilgan Rahat Aliyev bilan bogʻliqligini taʼkidlamoqda. Oʻsha vaqtda qozogʻistonlik biznesmen, siyosatchi va diplomatga Qozogʻiston bankining ikki top-menejerini oʻldirishda ayblov qoʻyildi.

Ayni vaqtda, Nurali Aliyevning advokatlari Rahat Aliyevning koʻchmas mulk sotib olishda ishtirok etmaganligini sud soʻragan barcha hujjatlar bilan isbotlashga harakat qilmoqda.

Qozogʻiston Adliya vazirligi boshligʻi sudga izoh berishda qiynaldi.

"Shaxsiy sud jarayoni haqida izoh berish uchun ularning yakunlanishini kutish kerak. Bu jarayonning barcha materiallarini oʻrganish kerak va shundan keyingina professional huquqshunos oʻz fikrini bildirishi mumkin. Bu uning fikri boʻladi", - dedi Marat Beketayev jurnalistlarga.

Davlat idorasining protsessga nisbatan pozitsiyaga ega boʻlishi uchun "boshqa holatlar boʻlishi kerak".

"Tegishli soʻrovlar yuborilishi kerak va bu ushbu davlat organining vakolatiga kirishi kerak", deb qoʻshimcha qildi Adliya vaziri.

Buyuk Britaniyada 2018 yilda kuchga kirgan Unexplained Wealth Orders (UWO) qonuni, 50 000 funt sterlingdan ortiq aktivlarga ega boʻlgan chet el fuqarolariga daromadning kelib chiqishini tushuntirib berish talab qilish huquqini beradi.

Chet el fuqarolariga nisbatan birinchi ish - Ozarbayjon Xalqaro Bankining sobiq rahbarining rafiqasi Zamira Gajiyevaning tergov ishi boʻldi. Britaniya hukumati bankir rafiqasidan 2ta obʼyekt boʻyicha tushuntirish soʻraldi: 2013 yilda Londonning nufuzli Naytsbridj tumanida joylashgan uy 11,5 million funt va Askot shahri yaqinidagi yer maydoni 10,5 million funtga sotib olingan.

Nurali Aliyevga qarshi ish ikkinchi boʻldi.

Asosiy mavzular