08:58 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
47101

Transport harakati va korxonalar faoliyati toʻxtatilishi natijasida Xitoy atmosferasi zaharli gazlardan sezilarli darajada tozalanishi kuzatildi.

TOSHKENT, 11 mar – Sputnik. NASA va YEKA (Yevropa Kosmik agentligi) sputniklari birinchi marotaba Xitoy osmonida Azot dioksidi (NO2) sezilarli darajada kamayishini qayd etishdi.

Atmosfera Kitaya do i posle koronavirusa

Yanvar oyining oxirida Xitoy hukumati koronavirus tarqalishi munosabati bilan Uxan va boshqa yirik shaharlarda avtotransport harakatini va mahalliy korxonalar ishlashini taʼqiqlab qoʻyishgan, millionlab kishilar karantin va uy sharoitida ishlashga oʻtgan edi.

Buning natijasida Xitoy tarixida birinchi bor ulkan hududda azot dioksidi gazi sezilarli darajada kamayishi kuzatildi. NASA havo sifatini kuzatuvchi mutaxassis Fey Lyu aytishiga qaraganda 2008 yilda Pekinda Olimpiada boʻlib oʻtgan kunlarda ham transport harakati cheklanishi va havo ifloslanishi kamayishi kuzatilgan.

Asosiy mavzular