01:37 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
464 0 0

AQSH 2007 yilga qadar bu ishni amalga oshirish majburiyatini olgan, ammo shu paytga qadar kimyoviy qurolni yoʻq qilish boʻyicha muddatni bir necha marotaba ortga surib kelgan edi.

TOSHKENT, 11 mar - Sputnik. AQSH dunyoda kimyoviy qurolga ega boʻlgan oxirgi davlatdir, Moskva Vashingtonni oʻz kimyoviy arsenalini belgilangan muddatdan oldin yoʻq qilishga chaqiradi, deb bayonot qildi Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti (OZXO) qoshidagi RFning doimiy vakili Aleksandr Shulgin.

"Biz OZXO oldida turgan eng asosiy masala - kimyoviy qurolning barcha eʼlon qilingan zaxiralarini toʻliq yoʻq qilinishini hal etishga yanada yaqinlashdik. Bugungi kunda bunday qurol mavjud boʻlgan birgina ishtirokchi-davlat qoldi, - bu AQSH. Amerikalik sheriklarni kimyoviy arsenalni imkon qadar tezroq yoʻq qilish boʻyicha oʻz imkoniyatlarini chamalab, bu ishni belgilangan muddatdan ilgariroq, OZXO nizomlariga qatʼiy amal qilgan holda amalga oshirishga chaqiramiz", - dedi Shulgin tashkilotning Gaagada boʻlib oʻtgan 93-Ijroiya Kengashidagi chiqishida.

AQSH 2007 yilgacha bu ishni amalga oshirish majburiyatini olgan, ammo shu paytga qadar kimyoviy qurolni yoʻq qilish boʻyicha muddatni bir necha marotaba ortga surib kelgan edi.

Oxirgi marta amerika hukumati zaxiralarni 2023 yilga kelib yoʻq qilishga vaʼda bergan.

"Oʻylashimizcha, bunday vazifani ular bajara oladi, chunki AQSH buning uchun yetarli moliyaviy, moddiy, insoniy va texnologik resurslarga ega", - dedi Shulgin.

Rossiya 2017 yilning sentyabrida oʻzida bor kimyoviy qurolni yoʻq qilgan.

Asosiy mavzular