16:04 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
74001

Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan keng koʻlamli tadbirga tayyorgarlik ketmoqda, uni bekor qilish haqida hech qanday gap boʻlayotgani yoʻq - Peskov.

TOSHKENT, 12 mar – Sputnik. Koronavirus tufayli 9 may kuniga rejalashtirilgan Gʻalaba paradini bekor qilish yoki cheklash haqida hech qanday qaror qabul qilingani yoʻq, dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Peskov, shuningdek, Rossiya uchun yirik va muhim boʻlgan tadbirda koʻplab xorijiy mehmonlar taklif qilinganini va ularning aksariyati oʻz ishtirokini tasdiqlaganini xabar qildi.

“Tadbirga har tomonlama tayyorgarlik ketmoqda, delegatsiyalarni kutib olish, harbiy paradga doir ishlar olib borilmoqda. Paradni bekor qilish haqida hech qanday gap yoʻq. Bu juda yirik masshtabli tadbir boʻladi.Vaziyatni kuzatib boramiz”, - dedi Peskov.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin Moskva meri Sergey Sobyaning poytaxtda 1000 kishidan ortiq kishilar jamlanadigan ommaviy tadbirlar oʻtkazishni taʼqiqlagan edi.

Maʼlumot uchun Moskvaga Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda 20 dan ortiq davlat rahbarlari oʻz ishtiroklarini tasdiqlagan edi. Ular orasida KXSHT va MDH davlatlari rahbarlari, Hindiston, Frantsiya, Chexiya, Kuba va boshqa mamlakat prezidentlari bor. AQSH prezidenti Donald Tramp paradga kelmasligini maʼlum qilgan. 

Asosiy mavzular