03:51 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
472 0 0

Taʼkidlanishicha, Rossiyada qayd etilgan holatlardan 86 tasi olib kirilgan, qolganlari muloqot orqali yuqtirilgan holatlar.

TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Rossiyada yangi turdagi koronavirus bilan xastalangan 93 nafar bemor qayd etildi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Tatyana Golikova bergan maʼlumotlarga asoslanib xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, ulardan 86 tasi olib kirilgan holat, qolganlari muloqot orqali yuqtirilgan holatlardir.

Golikovaning aniqlik kiritishicha, 4 nafar bemor tuzalib ketgan, 79 nafari esa davolanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistoning Rossiyadagi elchixonasi Rossiya hududidagi fuqarolarga murojaat qilib, muhim tavsiyalarga amal qilishni soʻragan edi. 2020-yil 16-mart holatiga koʻra Rossiyada yangi infektsiya bilan kasallanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari qayd etilmagan.

Asosiy mavzular