04:31 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1281)
477 0 0

Yevropa Ittifoqi davlatlariga unchalik ahamiyatga ega boʻlmagan barcha safarlar vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda Yevroparlament prezidenti bayonot berdi

TOSHKENT, 16 mar - Sputnik. Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga 30 kunlik cheklov kiritishni taklif etmoqda. Bu haqda YEK prezidenti Ursula fon der Lyayen bayonot bergan.

"Yevrokomissiya chegaraga oid choralar boʻyicha oʻz tamoyillarini taqdim etmoqda, YEI davlatlariga barcha unchalik ahamiyatga ega boʻlmagan safarlarga vaqtinchalik cheklov qoʻyilishini taklif qilamiz", - deb yozgan YEK rahbari Twitterda.

Finlyandiya bosh vaziri Sanna Marin mamlakat oʻz chegaralarini yopishga tayyorligini maʼlum qilgan. Mamlakatga qaytayotgan finlyandiyaliklarga va mamlakatda ishlab, yashayotganlar uchun ushbu cheklovlar joriy etilmaydi. Helsingin Sanomat nashriga koʻra, chegara 13 aprel sanasiga qadar yopiq boʻladi.

Shengen hududiga yigirma oltita davlat kiradi: Avstriya, Belgiya, Chexiya, Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Frantsiya, Germaniya, Misr, Vengriya, Islandiya, Italiya, Latviya, Lixtenshteyn, Litva, Lyuksemburg, Malta, Niderlandlar, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Shvetsiya va Shveytsariya.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1281)

Asosiy mavzular