13:54 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1284)
213 0 0

Transport vazirligi turizm maqsadida xarid qilingan havo va temir yoʻl chiptalarini ular xaridorlar tomonidan qaytarilganda, jarimasiz qabul qilish, chipta narxini xaridorga toʻliq qaytarish yoki boshqa muddatga koʻchirish choralarini koʻradi.

TOSHKENT, 18 mar - Sputnik. Ichki sayohatlar va ommaviy tadbirlar vaqtinchalik toʻxtatiladi, deb xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi axborot xizmati.

"Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 mart kunidagi koronavirusning mamlakatimizga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasi qaroriga koʻra, sayyohlik kompaniyalari, jamoat tashkilotlari va yirik sanoat korxonalariga mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat barqaror holatga kelgunga qadar ichki turizmni rivojlantirishga doir tadbirlarni toʻxtatish tavsiya etiladi", - deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, respublika hududida oʻtkazilishi rejalashtirilgan barcha turdagi ommaviy bayram tadbirlari, xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari, teatr, kino va kontsert dasturlari vaqtincha toʻxtatiladi.

Maxsus komissiya qaroriga asosan, Transport vazirligi karantin muddati davriga toʻgʻri keluvchi turizm maqsadida xarid qilingan havo va temir yoʻl chiptalarini, shu jumladan ichki qatnovlar uchun chiptalarni xaridorlar tomonidan qaytarilgan taqdirda, jarimasiz qabul qilish, chipta narxini xaridorga toʻliq qaytarish yoki boshqa muddatga koʻchirish choralarini koʻradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda ayni damda mamlakatimizda boʻlib turgan xorijiy fuqarolarni, shu jumladan turistlarni oʻz mamlakatlariga qaytishi masalalarida ularga axborot koʻmagini beruvchi maxsus shtab tashkil etildi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1284)

Asosiy mavzular