02:22 03 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
995 0 0

Rossiyada birinchilardan boʻlib koronavirusni boshdan kechirgan xitoylikning rafiqasi turmush oʻrtogʻining bir necha tavsiyalarini sanab oʻtdi.

TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. Rossiyada birinchilardan boʻlib koronavirusni boshdan kechirgan erkak Van Yunbinning rafiqasi Baykalorti oʻlkasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga ularning hozirgi hayoti haqida soʻzlab berdi. Uning maʼlum qilishicha, ular sogʻliqlariga alohida eʼtibor qaratishmoqda va odam gavjum joylarga bormaslikka harakat qilishmoqda.

Uning soʻzlariga koʻra, eng asosiysi barcha profilaktika choralariga rioya qilish hamda vahimaga berilmaslik. Qolaversa, agar kasallik alomatlari aniqlansa, yaqinlar va doʻstlarning ruhiy koʻmagi juda zarur.

“Agar ijobiy kayfiyat boʻlsa, bu sogʻayib ketish garovi boʻladi”, - deya fikrlari bilan oʻrtoqlashgan ayol.

Shuningdek, u erining bir necha tavsiyalarini qoʻshimcha qilgan: eng asosiysi yaxshi dam olish va ijobiy kayfiyatni saqlash. Koronavirusni boshdan kechirgan erkak odam gavjum joylarda niqob taqishni, xonani esa tez-tez shamollatib turishni maslahat bergan.

Xitoy fuqarosi Van Yunbin Rossiyada birinchilardan boʻlib koronavirusni boshdan kechirganlardan. Unga 12 fevral kuni javob berilgan edi.

Jahon sogʻliqni saqlash vazirligi COVID-19 koronavirusni avj olishini pandemiya deb tan oldi. Koronavirus dunyoning 150 dan ziyod davlatida, jumladan, Oʻzbekistonda aniqlangan. Uni yuqtirib olgandan soni 200 mingdan oshib ketdi. 80 mingdan ziyod kishi tuzalib ketishga muvaffaq boʻldi.

Asosiy mavzular