04:37 13 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1084)
289 0 0

Tramp Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga qaramay, koronavirusni "xitoyniki" deb atadi.

TOSHKENT, 19 mar - Sputnik, Aleksey Bogdanovskiy. AQSH prezidenti Donald Tramp 18 mart kuni Oq uyda boʻlib oʻtgan brifing chogʻida koronavirus pandemiyasi tufayli oʻzini "harbiy davr prezidenti", deya atadi.

Tramp shuningdek, agar xususiy kompaniyalar tomonidan tibbiy anjomlar ishlab chiqarilishiga zarurat tugʻilsa, 1950 yildagi mudofaa sanoati toʻgʻrisidagi qonunni ishga solishini aytib oʻtgan.

"Men xitoy virusiga qarshi kurashish maqsadida, mudofaa sanoati toʻgʻrisidagi qonunni imzoladim, kelajakda holat oʻta murakkab tus olgan taqdirda unga murojaat qilish uchun. Umid qilamanki, bunga ehtiyoj boʻlmaydi, bu holatda barchamiz birdammiz", - deb yozgan Tramp oʻzining Twitterida.

Tramp Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga qaramay, koronavirusni "xitoyniki" deb atadi.

AQSH hukumati virus pandemiyasi Pekin bilan munosabatlar oʻtkir tus olgan, AQShdan xitoy jurnalistlari va XXRdan amerikalik jurnalistlar chiqarib yuborilgan bir vaqtda Xitoyda boshlanganini alohida taʼkidlagan.

Tramp shu yerda ham xatolikka yoʻl qoʻydi, u mudofaa sanoati toʻgʻrisidagi qonunni imzolagani yoʻq (Bu ishni prezident Garri Truman 1950 yilda amalga oshirgan), balki koronavirus epidemiyasi vaqtida undan foydalanish boʻyicha farmonga imzo chekkan.

Qonun avval boshdan federal hukumatga Koreyada urush olib borishda yordam uchun moʻljallangan edi, ammo keyinchalik uni boshqa urushlarda, shuningek, toʻronlar va elektr toki oʻchishlari oqibatlarini bartaraf etishda ham foydalanishgan. Qonun federal hukumatga xususiy kompaniyalardan milliy mudofaa ehtiyojlarini qondirish huquqini beradi. Misol uchun, prezident kompaniyalar birinchi navbatda davlat mudofaa shartnomalarini bajarishlarini buyurishi mumkin. Bundan tashqari, qonun prezidentga qator imtiyozlardan, xususan, kerakli ishlab chiqarishni koʻtarish uchun kreditlash singari imtiyozdan foydalanish huquqini beradi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1084)

Asosiy mavzular