05:37 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Dunyoda
Havola olish
668 0 0

AQSH bosh kotibi Mayk Pompeo eʼlon qilinmagan tashrif bilan Afgʻonistonga keldi. U Ashraf Gʻani va Abdulloh Abdulloh bilan uchrashadi.

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. AQSH bosh kotibi Mayk Pompeo oldindan eʼlon qilinmagan tashrif bilan Afgʻonistonga keldi, deb xabar qildi RIA Novosti Reyter agentligiga asosan.

Taʼkidlanishicha, Mayk Pompeo ikkinchi muddatga qayta saylangan mamlakat prezidenti Ashraf Gʻani va saylov natijalarini tan olmayotgan sobiq ijro hokimiyati rahbari Abdulloh Abduloh bilan uchrashuv oʻtkazishi rejalashtirilgan.

Fevral oyi oxirida, Qatarda AQSH va Tolibon* 18 yildan ortiq davom etgan urush boʻyicha birinchi tinchlik bitimini imzoladilar, unda 14 oy ichida chet el qoʻshinlarining Afgʻonistondan olib chiqilishi va mart oyida mahbuslar almashinuvi boʻyicha kelishuv muzokara boshlanishi koʻzda tutilgan.

AQSH bu mamlakatda qoʻshinlar sonini 8,6 mingga kamaytirishga vaʼda berdi. Pompeoning soʻzlariga koʻra, AQSH Tolibon rahbariyati kelishuvni bajarish uchun barcha ishlarni qilmoqda.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Asosiy mavzular