05:36 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Dunyoda
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)
77440

Rossiya harbiy shifokorlarini Italiyaga joʻnatdi. Toʻqqizta samolyotda tibbiy jihoz va dezinfektsiya stantsiyalari yetkazib berildi.

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Italiyaga Rossiya shifokorlari va dezinfektsiya stantsiyalari ortilgan oxirgi ikkita samolyot yetib keldi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.

Rossiya okajet pomoщ Italii v borbe s COVID-19
Ministerstvo oboronы RF
Rossiya okajet pomoщ Italii v borbe s COVID-19

Italiya koronavirus tarqalishi boʻyicha Yevropada birinchi oʻrinda va yaqinda qurbonlar soni boʻyicha Xitoyni ortda qoldirdi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Italiyaning Apenninida 60 ming kishi virusga chalingani qayd etildi, 5,4 ming kishi vafot qildi.

“Rossiya havo-kosmik kuchlarining sakkizinchi va toʻqqizinchi Il-76 harbiy-transport samolyotlari Italiyaning “Pratik de Mare” aviabazasiga (Rimdan 30 km janubi-gʻarbda) qoʻndi. Samolyotlar mamlakatga rossiyalik harbiy mutaxassislar va dezinfektsiya tadbirlarini oʻtkazish uchun koʻchma stantsiyalarini yetkazdi”, - deyilgan xabarda.

Rossiya okajet pomoщ Italii v borbe s COVID-19
Ministerstvo oboronы RF
Rossiya okajet pomoщ Italii v borbe s COVID-19

Oʻtgan shanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte bilan telefon orqali suhbatda koronavirusga qarshi kurashda zudlik bilan yordam berishga tayyorligini maʼlum qildi va aniq vazifalar belgilab olindi.

Keyinchalik Rossiya Mudofaa vazirligi 8 ta mobil harbiy virusolog va shifokorlar guruhlari, aerozol dezinfektsiyalash majmualari va tibbiy jihozlarini Apenniniga yuborilishini maʼlum qildi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni COVID-19 yangi koronavirus pandemiyasi haqida eʼlon qilgandi. Dunyo boʻylab 292 ming kishi virusga chalingan, 12 ming kishi vafot qildi.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)

Asosiy mavzular