20:18 04 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (558)
99201

Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan bemorlarga qanday dorilar tavsiya etilishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan bemorlarga qanday dorilar tavsiya etilishini maʼlum qildi.

“Koronavirusga chalingan bemorlarga ibuprofenni paratsetamol bilan birga tayinlash mumkin va shunday qilish kerak, bu yerda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga qoʻshilamiz. Bemorlarga shifokor tavsiyalariga qatʼiy rioya juda muhim. Faqat shifokor bemorga zarur boʻlgan preparatni tayinlashi mumkin va samarali davolash usulini taklif qilishi mumkin”, - dedi Yelena Malinnikova.

Vazirlikda maʼlum qilinishicha, 19 mart kuni Jahon sogʻliqni saqlash takiloti koronavirusga chalingan bemorlarga ibuprofen dorisini qoʻllamaslik boʻyicha oʻz tavsiyasini berdi.

JSS 11 mart kuni COVID-19 yangi turdagi koronavirus infektsiyasini pandemiyasini eʼlon qilgandi. Soʻnggi malumotlarga koʻra, dunyo boʻylab 330 mingdan ortiq kishi bu virusga chalingan, 14,5 mingdan ortiq vafot etdi.

Shu sharoitda turli davlatlar odamlar  “shamollashda” tavsiya etiladigan dorilarni koʻplab sotib olmoqda.

Rossiya dorixona tarmoqlari uyushmasi muvofiqlashtirish kengashi raisi Nikolay Nifantyev RIA Novosti’ga bergan intervyusida paratsetamolga talab ortib borayotganini aytdi va odamlar bu dorini gʻamlab qoʻymaslikka chaqirdi, chunki korxonalar ishlab chiqarishni koʻpaytirishga tayyor.

Mutaxassis bu dori koʻplab alomatlardan faqat bittasini yengillashtirishini maʼlum qildi.

Paratsetamol - bu ogʻriq qoldiruvchi dori, u haroratni pasaytirishga qaratilgan. Dorini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (558)

Asosiy mavzular