06:25 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Dunyoda
Havola olish
49810

9 mart kuni Oq uy rahbari Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan telefon orqali suhbatida oʻz pozitsiyasini bildirgan.

TOSHKENT, 25 mar - Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonining neft ishlab chiqarishni koʻpaytirish orqali Rossiyani neft bozorlaridan siqib chiqarish rejalarini qoʻllab-quvvatladi, deya xabar beradi Politico ishonchli manbalariga tayanib.

9 mart kuni Oq uy rahbari Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan telefon orqali suhbatida oʻz pozitsiyasini bildirgan.

Maʼmuriyat sobiq yuqori martabali xodimining soʻzlariga koʻra, Tramp Ar-Riyodning rejalarini maʼqulladi, lekin shu bilan birga u AQShning yoqilgʻi ishlab chiqaruvchilarini himoya qilish uchun neft narxlari juda pastga tushirmasligiga chaqirdi.

Biroq, Politico suhbatdoshining taʼkidlashicha, Trampning Salmon bilan suhbatidan ikki hafta oʻtgach, narxlarning pasayishi shunchalik keskin boʻldiki, Oq uy kutilmagan holatga tushib qoldi. "Hech kim bu (neft – tahr.) juda pastga tushadi deb oʻylamagan edi”, - dedi manba.

Avvalroq TheWall Street Journal nashri AQSH Energetika vazirligi rasmiylari Tramp maʼmuriyatini neft narxlarini tartibga solish uchun Saudiya Arabistoni bilan ittifoq tuzishga chaqirayotganini xabar qilgan edi.

Taxmin qilinishicha, bunday qaror neft narxining keskin pasayishiga yoʻl qoʻymaydi va Saudiya Arabistonining Rossiya bilan hamkorligini susaytirishi mumkin.

Trampning oʻzi esa oʻtgan hafta Rossiya va Saudiya Arabistoni bozor ulushi uchun kurashayotganini va bu neft narxlarini soʻnggi oʻn yillikdagi eng past darajaga tushirganini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar bu vaziyatga kerak boʻlganida "mavridida" aralashadi, ammo hozircha ular arzon narxlar va neft sanoatining himoyasi oʻrtasidagi "oʻrtalikni" izlamoqdalar.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Amerika rahbarining soʻzlarini izohlar ekan, Kreml uning bayonotlarining sababini tushunishini taʼkidladi - koʻplab kompaniyalar past narxlardan aziyat chekmoqda va amerikalik slanets nefti ishlab chiqaruvchilari esa ogʻir ahvolda.

OPEK+ bitimining buzilishi

Mart oyi boshida OPEK+ davlatlari neft qazib olishni qisqartirish va uni uzaytirish boʻyicha kelishuv parametrlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida kelisha olmadilar. Ar-Riyod ishlab chiqarishni qoʻshimcha qisqartirishni talab qildi, ammo bu hozirgi sharoitni saqlab turishni taklif qilgan Moskvaga toʻgʻri kelmadi.

Natijada, 1 apreldan boshlab OPEK+ bitimining ishtirokchilari bir-birlari oldida hech qanday majburiyatlari qolmaydi. Shundan soʻng, saudiyaliklar ishlab chiqarishni koʻpaytirishi, narxlarni pasaytirishi va yevropalik xaridorlarga chegirmalar bilan katta hajmlarni taqdim etishlarini eʼlon qildi. Bu jahon bozorida neft narxlarining pasayishiga olib keldi. Yil boshidan beri narxlar ikki baravardan oshiqroqqa pasaydi.

Asosiy mavzular