12:19 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
73410

Har qanday tankchining orzusi va NATO uchun jiddiy xavf - The National Interest Rossiyaning T-95 tankiga xuddi shunday taʼrif bermoqda

TOSHKENT, 25 mar - Sputnik. Rossiyaning toʻrtinchi avlodga mansub asosiy jangovar T-95 tanki Shimoliy Atlantika Alyansi (NATO) mamlakatlari uchun haqiqiy dahshatga aylanishi mumkin, deb yozadi amerikaning The National Interest nashri.

Maqolada qayd etilishicha, T-95 tankini ishlab chiqarish Rossiya tomonidan toʻxtatilgan, ammo ushbu texnika kelajagi porloq boʻlishi mumkin edi.

Muallif rus T-95ga tankchining orzusi deya, taʼrif beradi. Texnikaning afzal jihatlari orasida yuqori harakatchanlik, uning yaxshi zirhlangani va oʻt ochish qudratiga alohida urgʻu berilgan.

The National Interest, shuningdek, tank 152 mm diametrli asosiy pushkaga ega ekanligiga aniqlik kiritib oʻtgan.

The National Interest materialida T-95 har qanday dushman tanklaridan, jumladan, amerikaning M1 Abrams, nemislarning Leopard 2, yaponlarning Type 90 va Janubiy Koreyaning K1A1 tankidan ham ustun boʻlishi mumkinligi taʼkidlangan.

Baland minorasi va korpusi tufayli, T-95, "nishonga olishning yaxshi burchaklarini" tanlay olishi mumkinligi qayd etilgan.

"Nishonlar koʻz ilgʻamaydigan masofada joylashgan yoki shahar ichida urush paytida binolarning tomlari yoki yuqori qavatlarida joylashgan dushmanlarga qarata oʻq otish kerak boʻlsa, bu xususiyatlar, ayniqsa foydalidir", - deyiladi maqolada.

Jurnalist T-95 ehtimol "reaktiv zirh" va faol mudofaa tizimi bilan jihozlangan boʻlishi mumkin, deya taxmin qilgan.

The National Interest nashrida yozilishicha, T-95 ommaviy ishlab chiqarishga qoʻyilganida, u dahshatli dushmanga aylangan boʻlardi.

Asosiy mavzular