18:27 25 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (863)
108110

AQSH prezidenti Donald Tramp shanba kuni bir qator shtatlarda, xususan, Nyu-Yorkda ham karantin rejimi joriy etilishi mumkinligini aytdi

TOSHKENT, 28 mar - Sputnik. OAV hisob-kitobiga koʻra, Nyu-Yorkda koronavirus tufayli har 17 daqiqada bitta oʻlim holati sodir boʻlmoqda.

"Soʻnggi ikki kun davomida har 17 daqiqada Nyu-Yorkning bir yashovchisi koronavirus tufayli vafot etmoqda", - deb yozadi New York Post.

Hozirda Nyu-Yorkda koronavirusning jami qurbonlari soni 450 kishiga yetgan.

AQSH prezidenti Donald Tramp shanba kuni bir qator shtatlarda, xususan, Nyu-Yorkda ham karantin rejimi joriy etilishi mumkinligini maʼlum qilgan.

"Biz bir nechta holatlarni koʻrib chiqyapmiz... Ayrimlar Nyu-Yorkni karantinda koʻrishni xohlayapti. Ehtimol, Nyu-Jersi, va yana bir-ikkita boshqa shtatlar. Balki, Konnektikut qisman karantinda boʻlar. Men hozir bu haqda oʻylayapman. Balki, buni amalga oshirarmiz. Balki, yoʻq. Balki, shu bugunning oʻzida bu roʻy berar", - deb aytgan Tramp jurnalistlarga.

Jon Xopkins universiteti hisob-kitobicha, AQShda virusni yuqtirganlar soni 105 ming nafarga yetgan, 1711 bemor vafot etgan. Nyu-York koronavirus qurbonlari soni boʻyicha amerika shaharlari orasida yetakchilik qilyapti.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, butun dunyoda virusni yuqtirganlar soni 510 mingdan oshgan, 23,5 ming kishi vafot etgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (863)

Asosiy mavzular