13:57 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)
207620

“Skolkovo” olimlari sovuq plazma bilan ishlangan suv bakteriyalar, zamburugʻlar va viruslarga, shu jumladan SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi samarali kurashishini aniqlashdi.

TOSHKENT, 1 apr - Sputnik. Rossiyaning “Skolkovo” innovatsion markazi olimlari sovuq plazma bilan ishlangan suv bakteriyalar, zamburugʻlar va viruslarga, shu jumladan SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi samarali kurashishini aniqladilar. Bu haqda RIA Novosti “Izvestiya” gazetasiga tayanib xabar qiladi.

Mutaxassislar oddiy suvni mayda biologik obʼyektlarni yoʻq qila oladigan qilib oʻzgartira oladigan uskunani ishlab chiqdilar. Olingan suyuqlik kislorod va gipoxlor kislotasi aktiv shakllari taʼsirida patogenlarning hayotiy faoliyatini buzadi.

Ushbu texnologiya sovuq plazma ishlab chiqarishni koʻzda tutadi – bu zaryadlangan va zaryadlanmagan zarralardan gaz, oddiy suvga kiradi, shundan keyin atomlar elektronlarning bir qismini yoʻqotadi va natijada N2O molekulasiga ulana olmaydi. Ushbu jarayonning natijasida viruslarning hujayralariga zarar yetkazadigan kislorod va vodorodning turli shakllarining paydo boʻladi.

Suyuqlikni tibbiy niqoblarni, turli yuzalarni qayta ishlash uchun, shuningdek havoga purkash uchun qoʻllash mumkin, deb yozadi "Izvestiya". Nashrning taʼkidlashicha, hosil boʻlgan mahsulot, spirtli eritmalar va xlorkadan farqli oʻlaroq, tana uchun mutlaqo xavfsizdir, ishlab chiqarish boshlanganda uning narxi ming litr uchun bir yuz rublni tashkil qiladi.

Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi Sergey Netesov, “Skolkovo” olimlarining ishlanmasi haqida izoh berib, bu kabi dezinfektsiyalash xususiyatlariga ega bunday suvni ishlab chiqarish usuli, istiqbolli ekanligini aytdi. Biroq, u ushbu texnologiya bir qator qayta ishlanmalarni talab qiladi. Netesovning soʻzlariga koʻra, bunga qoʻshimcha ravishda, bu suyuqlikning lipid membranasiga ega viruslarga taʼsirini tekshirish kerak - bundaylarga koronavirus ham kiradi.

Mart oyi boshida JSST Xitoydan kelib chiqqan koronavirus infektsiyasining butun dunyo boʻylab tarqalishini pandemiya deb eʼlon qildi. Tashkilot tomonidan olingan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 860 mingdan ziyod virus yuqtirib olgan, 42 mingdan koʻproq odam vafot etgan. Rossiyada COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning umumiy soni 2337 kishiga (Moskvada 1613) yetdi, ulardan 121 tasi davolandi.

Oʻzbekistonda kasallanganlar soni 173 kishini tashkil etdi. 2 kishi vafot etgan.8 kishi ushbu kasallikdar butunlay forigʻ boʻldi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Asosiy mavzular