18:46 25 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (863)
121602

Tibbiyot fanlari doktori, professor Igor Gundarov kelgusida COVID-19dan xavfliroq infektsiya paydo boʻlishi mumkin deb aytdi

TOSHKENT, 1 apr — Sputnik. Tibbiyot fanlari doktori, professor Igor Gundarov kelgusida COVID-19dan xavfliroq infektsiya paydo boʻlishi mumkin deb aytdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Hozirgi pandemiya bartaraf etilgandan soʻng koronavirusdan xavfliroq virus paydo boʻlishi mumkin.

"Xususan, koronavirus grippdan ham kuchliroq boʻlib chiqdi. Keyingi kasallik yanada tajovuzkor boʻlishi mumkin", - dedi Gundarov.

Professor fikriga koʻra, COVID-19 keng tarqalishining sababi boshqa kasalliklar bilan kurash boʻldi. Soʻnggi 15 yil ichida emlanish tufayli A va B tipidagi gripp deyarli kamaydi.

“Inson sogʻliqni saqlash yutuqlari tufayli deyarli gripp yoʻq boʻldi. Uning oʻrniga koronavirus shtammi koʻpaydi. Etik bilan bir virusni bosib, uning oʻrnida boshqa virusni oʻstirdik”, - dedi Gundarov.

BSST mart oyi boshida koronavirus infektsiyasi tarqalishini, pandemiya deb eʼlon qildi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 750 mingdan ortiq kishi virusga chalindi, 36 mingdan ortiq kishi vafot etdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (863)

Asosiy mavzular