13:48 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)
454 0 0

Koronavirus pandemiyasi tufayli chegaralar yopilgan. Shu sababli Ispaniya hukumati yoz mavsumini sayyohlarsiz oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrmoqda.

TOSHKENT, 9 apr — Sputnik. Ispaniyada koronavirus pandemiyasi tufayli xorijiy sayyohlarsiz yoz mavsum haqida eʼlon qilindi, deb xabar qildi ABC.

“Ispaniya hukumati yopilgan chegaralar bilan xorijiy turizmlarsiz yozni oʻtkazish rejasi ustida ish olib bormoqda”, - deyilgan xabarda.

Mamlakatda yozda ham cheklovlar boʻlishiga qaramasdan ichki turizmga eʼtibor qaratiladi. Bundan tashqari, hukumat epidemiologlarning plyajlarda odamlar soni boʻyicha cheklovlar joriy etish haqidagi tavsiyalarni oʻrganmoqda.

Ispaniya oʻtgan yili xorijiy sayyohlar boʻyicha yettinchi rekord oʻrnatgandi, 2019 yilda mamlakatga 83,7 million kishi tashrif buyurdi. Sayyohlar xarajati 92,3 milliard yevroga yetgandi.

Ispaniya koronavirus aniqlangan holatlar soni (AQShdan soʻng) va oʻlimlar (Italiyadan soʻng) soni boʻyicha ikkinchi oʻrinda. Epidemiya boshlangandan beri Ispaniyada 152 mingdan ortiq kishiga COVID-19 tashxisi qoʻyilgan, 48 mingdan ortiq kishi sogʻaydi, 15 mingdan ortiq kishi vafot etdi.

 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Asosiy mavzular