02:54 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
332 0 0

Pekinda yuqori sinf oʻquvchilariga maktabga qatnashga ruxsat berildi, lekin ular shaxsiy ehtiyot choralariga amal qilishi shart.

TOSHKENT, 27 apr - Sputnik. Pekinda maktablar yana ochildi, bolalar maktabga qatnay boshladi. Xitoy poytaxtida maktablar, birinchi navbatda, katta sinf oʻquvchilari uchun ochildi, chunki ular oliygohlarga kirishga tayyorlanishi kerak, deb xabar qilmoqda Russia Today.

Darslar soat 09:30  dan 15:00 ga qadar davom etadi. Oʻquvchilarga oldingidek kechgacha maktabda qolishga ruxsat berilmaydi. Darsdan soʻng barcha uyiga ketishi kerak. 

Shuningdek shaxsiy ehtiyot choralari ham koʻrilgan: barcha oʻquvchilar himoya niqobi taqib yurishi kerak. Sinflarda 15 kishidan ortiq oʻquvchi boʻlishi mumkin emas. Har bir oʻquvchining partasi boshqalardan 1 metr masofaga oʻrnatilgan.Shuningdek maktablarga kirishda oʻquvchilar tana harorati oʻlchab kiritilmoqda.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, ayni damda Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 83 912 kishini tashkil qilmoqda. Sogʻayib ketganlar 78 290 kishini, vafot etganlar 4637 kishini tashkil qildi. 

 

Asosiy mavzular